Mahalliy

Shavkat Mirziyoevning qizi vazirlikda ishlamoqda

Shavkat Mirziyoevning qizi vazirlikda ishlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning qizi Shahnoza (Mirziyoeva-Shaxanova) yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida ish faoliyatini boshladi. Shahnoza Shavkatovna vazirlik tizimida aynan qanday lavozimda ekani ma’lum emas. Ammo, Kun.uz bilan suhbatlashgan bir nechta manba Shahnoza Shaxanova vazirlik mas’ul xodimasi ekanini tasdiqlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 dekabrь kuni o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Shahnoza (Mirziyoeva-Shaxanova) vazir Agrepina Shin hamda uning o‘rinbosarlari qatoridan joy olgandi. Ushbu videoselektor yig‘ilishi «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgandi. O‘sha kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan bu sohada alohida vazirlik – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgan.

Maktabgacha tarbiya ta’lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, etuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi.

Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bog‘chalarga qamrab olingan, xolos.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *