Mahalliy

Dehqonobod tumani 9-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida 8 – dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri.

Konstitutsiya baxtimiz qomusi! Bu yil konstitutsiyamizning qabul qilinganligiga 27 yil bo’ldi. Bu qonuniy hujjat fuqarolarning erki, haq-huquqlari, burch va majburiyatlari aks etgan, xalqimizning asriy orzularini amalga oshirgan vatanimiz mustaqilligi tarixidagi muhim hujjatdir. Mazkur bayram har yili mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi. Barcha davlat tashkilotlari, ta’lim muassalari, oliygohlarda, maktablarda va albatta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham katta tayyorgarlik va ko’tarinki ruhda nishonlanmoqda. Shu o’rinda 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bu yil birinchi marotaba nishonlandi. Zal bayramona bezatildi Bolalar tantanali musiqa sadosi ostida saf tortishdi, barcha birgalikda davlatimiz madhiyasini kuylashdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *