Mahalliy

Maktabgacha ta’lim vaziri qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni bilan tanishdi

 

22-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali defektolog (logoped), amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi qayta tayyorlov kurslariga qabul qilingan ilk tinglovchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlangani haqida xabar berilgan edi .

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

24-fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, o‘quv jarayoni bilan tanishdi va tinglovhchilar bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Agrepina Shin qayta tayyorlash kurslariga saralab olingan pedagoglar tarkibi, uning moddiy-texnika bazasi, tinglovchilarga dars o‘tish sifati bilan tanishdi.

Комментарии к записи Maktabgacha ta’lim vaziri qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni bilan tanishdi отключены