-
Maktabgacha ta’lim rahbarlari shaxsiy javobgarligi kuchaytirildi
Maktabgacha ta’lim vaziri, vazir o‘rinbosari va boshqarma vakillari Toshkent shahri maktabgacha ta’lim muassasalaridagi vaziyatni o‘rganish davomida bir qator kamchiliklarni aniqladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Bunday kamchiliklar qatoriga sifatli ta’lim jarayonini yetarlicha tashkil etmaslik, pedagogik kadrlarning past malakasi, zaif material-texnik baza, korrupsiya bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, tashkilotning sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish talablariga javob bermaslik kabilarni kiritish mumkin. Bugun, 2-fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin tomonidan Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari bilan favqulodda majlis o‘tkazildi. Unda maktabgacha ta’lim tizimi kamchiliklari va aktual muammolari muhokama qilindi, shuningdek, maktabgacha ta’limni yaqin yillarda rivojlantirish istiqbollari belgilandi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri Maktabgacha ta’lim…
-
Maktabgacha ta’lim vaziri qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni bilan tanishdi
22-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali defektolog (logoped), amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi qayta tayyorlov kurslariga qabul qilingan ilk tinglovchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlangani haqida xabar berilgan edi . Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati 24-fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, o‘quv jarayoni bilan tanishdi va tinglovhchilar bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Agrepina Shin qayta tayyorlash kurslariga saralab olingan pedagoglar tarkibi, uning moddiy-texnika bazasi, tinglovchilarga dars o‘tish sifati bilan tanishdi.
-
Shavkat Mirziyoevning qizi vazirlikda ishlamoqda
Shavkat Mirziyoevning qizi vazirlikda ishlamoqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning qizi Shahnoza (Mirziyoeva-Shaxanova) yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida ish faoliyatini boshladi. Shahnoza Shavkatovna vazirlik tizimida aynan qanday lavozimda ekani ma’lum emas. Ammo, Kun.uz bilan suhbatlashgan bir nechta manba Shahnoza Shaxanova vazirlik mas’ul xodimasi ekanini tasdiqlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 dekabrь kuni o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Shahnoza (Mirziyoeva-Shaxanova) vazir Agrepina Shin hamda uning o‘rinbosarlari qatoridan joy olgandi. Ushbu videoselektor yig‘ilishi «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan. Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi…
-
O‘zbekistonda “buxanka” non qimmatlashganini mutasaddilar qanday izohlaydi?
Hozirgi paytda uyushmamiz tomonidan kuniga o‘rtacha 500-550 tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazib berilmoqda, — deydi “Toshkentnon” uyushmasi bosh hisobchisi Ruslan Musretov.