Biz haqimizda
Qashqadaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmasi
vazifalar
Media bozorning hududiy sohalari rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish..
funktsiyalari
Faoliyatni ro‘yxatga olish va litsenziyalash faoliyatini muvofiqlashtirish.
Nizomdan
Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun o'z vakolat ega.
Asosiy maqsadlar
Matbuot
Omaviy axborot vositalarini davlat ro'yxatidan utkazish va ularga letsinziya berish.
Matbaa faoliyati
Kitob nashr etish, faoliyati takomillashtirish takliflarni tayyorlaydi
Axborot vositalari
Ommaviy axborot vositalari, axborot bozorining monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
Noshirlik
Vilayatda noshirlik-matbaa ishini rivojlantirish pragnozlarini ishlab chiqish
Axborot almashish
Boshqarma ommaviy axborot vositalari, axborot-kutubxonalar bilan axborot almashish
Axborot-kutubxona
Ommaviy axborot vositalari va axborot-kutubxona ishini rivojlantirish

Yangiliklar

1-AVGUSTDAN BARCHA TIPDAGI MTTLAR BOSQICHMA-BOSQICH OCHILADI.
Tuman Maktabgacha ta`lim bo`limiga qarashli 1-Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida 2020 yil 30 iyun kuni barcha mtt mudira(mudir)lari,xo`jalik mudirlari,hamshira,oshpazlari ishtirokida seminar trening bo`lib o`tdi. Seminar qizg`in tarzda bo`lib,unda tashkilot rahbarlari, xo`jalik mudiralari, hamshiralari, oshpazlar hamda tarbiyachi va yordamchi tarbiyalari nima qilishlari tushuntirib o`tildi.

Shavkat Mirziyoevning qizi vazirlikda ishlamoqda
Shavkat Mirziyoevning qizi vazirlikda ishlamoqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning qizi Shahnoza (Mirziyoeva-Shaxanova) yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida ish faoliyatini boshladi. Shahnoza Shavkatovna vazirlik tizimida aynan qanday lavozimda ekani ma’lum emas. Ammo, Kun.uz bilan suhbatlashgan bir nechta manba Shahnoza Shaxanova vazirlik mas’ul xodimasi ekanini tasdiqlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 dekabrь kuni o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Shahnoza (Mirziyoeva-Shaxanova) vazir Agrepina Shin hamda uning o‘rinbosarlari qatoridan joy olgandi. Ushbu videoselektor yig‘ilishi «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan. Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgandi. O‘sha kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan bu sohada alohida vazirlik – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgan. Maktabgacha tarbiya ta’lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, etuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi. Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bog‘chalarga qamrab olingan, xolos.

Maktabgacha ta’lim vaziri qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni bilan tanishdi
22-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali defektolog (logoped), amaliy psixologiya va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi qayta tayyorlov kurslariga qabul qilingan ilk tinglovchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlangani haqida xabar berilgan edi . Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati 24-fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, o‘quv jarayoni bilan tanishdi va tinglovhchilar bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati. Agrepina Shin qayta tayyorlash kurslariga saralab olingan pedagoglar tarkibi, uning moddiy-texnika bazasi, tinglovchilarga dars o‘tish sifati bilan tanishdi.

Maktabgacha ta’lim rahbarlari shaxsiy javobgarligi kuchaytirildi
Maktabgacha ta’lim vaziri, vazir o‘rinbosari va boshqarma vakillari Toshkent shahri maktabgacha ta’lim muassasalaridagi vaziyatni o‘rganish davomida bir qator kamchiliklarni aniqladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Bunday kamchiliklar qatoriga sifatli ta’lim jarayonini yetarlicha tashkil etmaslik, pedagogik kadrlarning past malakasi, zaif material-texnik baza, korrupsiya bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, tashkilotning sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish talablariga javob bermaslik kabilarni kiritish mumkin. Bugun, 2-fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin tomonidan Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari bilan favqulodda majlis o‘tkazildi. Unda maktabgacha ta’lim tizimi kamchiliklari va aktual muammolari muhokama qilindi, shuningdek, maktabgacha ta’limni yaqin yillarda rivojlantirish istiqbollari belgilandi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman bo‘limlari rahbarlari va maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlarining tizimning zamonaviy talablarga javob beruvchi samarali boshqarilishini tashkil etishdagi shaxsiy javobgarligi belgilandi.
Manzil
Qashqadaryo v, Qarshi sh
Mustqaillik shox ko’chasi 22 uy
Aloqa
Telfon: (375)227-52-35
Fax: 22768-50
Email: qarshqadaryoaokb@umail.uz